Qozog‘iston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha Idoralararo komissiyaning qaroriga muvofiq respublikada epidemiologik vaziyatning yomonlashuvi va «omikron» shtammining tarqalishi tufayli sanitariya-karantin choralari kuchaytirildi, jumladan:
- 2022-yilning 15-yanvaridan boshlab, emlanganlik holatidan qat’iy nazar, barcha chet eldan keluvchilarda chegarani kesib oʻtgan vaqtdan oldin koʻpi bilan 72 soat ichida topshirilgan PZR testining manfiy natijasi bo‘lishi shartligi belgilandi;
- 5 yoshgacha bo‘lgan bolalardan ularga hamrohlik qiluvchi shaxslarning ma’lumotnomasi mavjud bo‘lsa, PZR testi talab etilmaydi;
- COVID-19 uchun PZR testining manfiy natijasi yo‘q bo‘lgan taqdirda, yo‘lovchilar, shu jumladan Qozog‘iston Respublikasi fuqarolari va Qozog’iston Respublikasi hududida yashash uchun ruxsatnomasi bo‘lgan shaxslar uchish aeroportidan havo kemasiga kiritilmaydi.
Qozog‘iston hududiga kirish qoidalari bilan batafsil quyidagi havola orqali
Tanishing: https://www.uzairways.com/uz/covid-19-0
Telegram: t.me/uzbekistanairways