Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Davlat tili – millat ruhidir

2024 21 Oktabr
67
Ulashing

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun va uning qadr-qimmati haqida aviakompaniyaning O‘quv-mashg‘ulot markazida o‘tkazilgan tadbirning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Foto1

“Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Feruza Kurbanova, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dildora Xasanova, Davlat tili guruxi katta o‘qituvchisi Umida Karimova, Davlat tili guruhi o‘qituvchisi Mukaddas Xadjimetova mamlakatimizda o‘zbek tilidagi adabiyotlar ko‘payotgani va ko‘plab asarlar ham davlat tiliga tarjima qilinayotganini ta’kidladilar.

Foto2

Tadbirda hozirda aviakompaniyada bortkuzatuvchi bo‘lib ishlayotgan va bortkuzatuvchilik kasbiga tayyorgarlik kurslarida o‘qishini davom ettirayotganlarga o‘zbek tilida ravon va adabiy chiroyli muloqot ularning asosiy vazifalaridan bir ekanligi qayd etildi. Ayniqsa, chet el fuqarolari orasida bizning tilimizga bo‘lgan e’tibor hamda o‘zbek tilini o‘rganayotganlar kam emasligi aytib o‘tildi.

Foto3

“Ochiq dars” doirasida ishtirokchilar o‘z taqdimotlarida taniqli shaxslarning o‘zbek tilidagi, she’rlari va g‘azallarini taqdim etdilar.

Foto4

Foto5

PDF-ni yuklab oling