Muhokamaning asosiy mavzusi O‘zbekistonning butun dunyo sayohatchilari uchun mavjud turistik jozibadorligi haqida bo‘ldi. Dubaydagi sayyohlik agentliklari va turizm sohasi vakillari hamkorlikka katta qiziqish bildirishdi. Uzbekistan Airways vakolatxonasi tomonidan aviakompaniya, uning imkoniyatlari, yo‘nalishlar tarmog‘i, qulay parvozlar va yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlash haqidagi taqdimot o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasining BAAdagi elchisi mamlakatda faol va xavfsiz dam olishni o‘tkazish imkoniyatlari haqida ma’ruza qildi. Uchrashuv “Asialuxe Travel” milliy turoperatori bilan hamkorlikda tashkil etildi.