Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Dubaydagi MRO Middle East 2022 natijalari

2022 23 Fevral
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ tarkibiy boʻlinmasi hisoblanuvchi “Uzbekistan Airways Technics” MRO Middle East 2022 koʻrgazmasida Airbus va Boeing havo kemalariga, shu jumladan Dreamlinerga texnik xizmat koʻrsatish va taʻmirlash boʻyicha oʻz imkoniyatlarini namoyish etdi.

Shuningdek, ishtirok doirasida IAI (Isroil aviatsiya sanoati) kompaniyasi bilan Uzbekistan Airways Technics ishlab chiqarish maydonlarida Boeing 767 yoʻlovchi samolyotlarini, bugungi kunda jahon bozorida talab yuqori boʻlgan yuk tashuv konfiguratsiyasiga aylantirish liniyasini birgalikda tashkil etish va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Jamoa bir qator B2B uchrashuvlarini oʻtkazdi va Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor boʻlgan, ehtiyot qismlarni yetkazib beruvchi ilgʻor kompaniyalar bilan aloqa oʻrnatdi.

 

PDF-ni yuklab oling