Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Farg‘ona – Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan HY-082 reysi haqida rasmiy xabar

2022 12 May
1
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati HY-082 reysi kechikishi yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

“2022-yil 7-may kuni Farg‘ona – Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan HY-082 aviaqatnovida barcha yo‘lovchilar odatdagidek parvoz qilish uchun ro‘yxatdan o‘tishgan hamda parvoz uchun havo kemasi sahniga chiqishgan. Aviakompaniyada amal qiluvchi qoidalarga binoan, bortkuzatuvchilar tomonidan yo‘lovchilar samolyot sahnida o‘z o‘rinlarini egallaganlaridan so‘ng ularning umumiy sonini maxsus uskuna yordamida sanab chiqadilar. Ushbu jarayonni amalga oshirgan bortkuzatuvchi 1 nafar yo‘lovchi reysga ro‘yxatdan o‘tgani, biroq samolyotga chiqmaganini aniqlagan. Qoidaga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan har bir yo‘lovchi havo kemasi sahniga chiqishi va parvoz qilish huquqiga ega. Ushbu yo‘lovchini izlash vaqtida yo‘lovchi aeroport hududidan tashqariga chiqib ketgani aniqlangan. Yo‘lovchi topilib parvozga chiqquniga qadar 1 soat o‘tgan. Bu vaqt oralig‘ida ushbu aviaqatnovga Farg‘onada bo‘lib turgan maxsus davlat tashkiloti vakillari qo‘shimcha ravishda ro‘yxatdan o‘tishgan. Shu sabab, Farg‘onadan jadval bo‘yicha soat 21:45 da  jo‘nab ketishi va 22:30 da Toshkentga yetib kelishi kerak bo‘lgan havo kemasi 23:20 da yo‘nalishi bo‘ylab harakatni boshlagan va Toshkentga soat 23:54 da yetib kelgan”.

Keltirilgan noqulaylik uchun ushbu aviaqatnovda bo‘lgan barcha yo’lovchilardan uzr so‘raymiz. 

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati jurnalist va blogerlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishga hamisha tayyor ekanini ma’lum qiladi.   

PDF-ni yuklab oling