Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Grozniyga juma kuni amalga oshiriladigan aviaqatnovlarga aviachiptalar allaqachon sotuvda!

2024 15 Iyul
6
Ulashing

Uzbekistan Airways 26-iyuldan boshlab Toshkent - Grozniy - Toshkent yo'nalishidagi ikkinchi aviaqatnovni joriy etayotgani mamnuniyat bilan ma’lum qiladi. Endi HY9701/9702 aviaqatnovlari haftada ikki marta amalga oshiriladi. Juma kunlaridagi aviaqatnovlar sizning sayohatlaringizni yanada qulayroq rejalashtirishga imkon beradi. 

 

HY9701/9702 juma kunlari parvozlar jadvali: 

Toshkentdan uchib ketish: 17:35, (Toshkent vaqti bilan) 

Grozniyga yetib kelish: 18:45, (Grozniy vaqti bilan) 

Grozniydan uchib ketish: 20:25, (Grozniy vaqti bilan) 

Toshkentga yetib kelish: 00:55, (Toshkent vaqti bilan, keyingi kunga o'tuvchi aviaqatnov)  

 

Yangi aviaqatnovdan foydalanish imkoniyatini boy bermang va Grozniyning ajoyib diqqatga sazovor joylarini kashf eting. Aviachiptalarni www.uzairways.com saytimizda, mobil ilovada, shuningdek Uzbekistan Airways Sales filiallarida yoki agentlarimizdan xarid qilishingiz mumkin. 

 

Uzbekistan Airways – Markaziy Osiyoning Qanotlari!

PDF-ni yuklab oling