Tadbir aviakompaniyaning Hindistondagi vakolatxonasi tomonidan BSP-konsolidatori Arya Enterprises va O‘zbekistonning Asialuxe Travel, Orient Star Group, Alpina Tour sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etildi. Faxriy mehmonlar sifatida O‘zbekistonning Favqulodda va muxtor elchisi Sardor Rustamboyev, Manohar xalqaro aeroporti (Goa) bosh direktori o‘rinbosari Kanvarbir Singx Kalra, turizm vaziri yordamchisi Shon Mendes va Goa hukumatining sanoat, savdo va tijorat bo‘yicha vakili Svetika Sachan ishtirok etdi.