2023-yilning 4-fevral kuni Termiz xalqaro aeroportining o‘zgaruvchan ob-havo sharoiti tufayli (tuman, ko‘rish darajasining yomonligi) Uzbekistan Airways’ning HY-070 Termiz-Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovi kechiktirilgan. Natijada parvoz 5-fevral kuni o‘zgargan jadval asosida soat 09:30da amalga oshirilgan.
“Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati yo‘lovchilar xavfsizligi birinchi o‘rinda ekanligini eslatib o‘tadi. Yo‘lovchilar va kutib oluvchilarga yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.