Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

HY271 Toshkent – Istanbul aviaqatnovi kechiktirilgani haqida rasmiy xabar

2024 12 Iyun
212
Ulashing

2024-yil 11-iyun kuni HY271 Toshkent – Istanbul aviaqatnovi texnik sabablarga ko‘ra va Airbus A330 havo kemasining parvozni amalga oshirishga tayyor emasligi sababli kechiktirildi.

Barcha yo‘lovchilar havo kemasi bortiga chiqqandan so‘ng, ekipaj havo kemasida nosozlikni aniqladi.

Shu bilan birga, kutish va havo kemasini tayyorlash vaqtida barcha yo‘lovchilarga issiq ovqat va ichimliklar berildi.

UK78702 ro‘yxatdan o‘tish raqamini olgan Boeing 787 zaxira (rezerv) havo kemasi Toshkent vaqti bilan soat 12.00 ga tayyorlandi. HY271 Toshkent – Istanbul aviaqatnovi Toshkent vaqti bilan soat 13.11 da yo‘nalishi bo‘ylab jo‘nab ketdi. HY272 Istanbul – Toshkent qaytish aviaqatnovi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga ertasi kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:07 da qo‘ndi.

Uzbekistan Airways yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va yo‘lovchilarimiz hamda ekipajimiz xavfsizligini ta’minlash aviakompaniyaning asosiy ustuvor vazifasi bo‘lib qolishini ta’kidlaydi.

PDF-ni yuklab oling