Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

“Ilk parvozim” Termizga

2022 24 Iyun
Ulashing

Uzbekistan Airways “Ilk parvozim” loyihasi doirasida “Temir daftar”ga kiritilgan ayollar bilan Termiz shahriga sayohat qildi va ularning orzusini ro‘yobga chiqardi.

2022-yil 21-iyun kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidan bo‘lgan ayollar Uzbekistan Airways sharofati bilan havo kemasida ilk parvozini amalga oshirdi. Bir kun davomida ayollar Sariosiyo tumanidagi Sangardak sharsharasiga tashrif buyurishdi. Ushbu sayohatda ayollar kundalik tashvishlardan bir oz bo‘lsada chalg‘ib, hordiq chiqarishdi.  

Havo kemasida parvoz qilishni orzu qilgan ishtirokchilardan biri Barno Karimova edi. Uzbekistan Airways jamoasi aviakompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarida obunachilarning Barno opa uchun qoldirgan: “Sog‘-salomat bo‘lsin, orzulari tez orada ro‘yobga chiqsin”, “Barno opa, parvozingiz yoqimli bo‘lsin!”, “Salomatlik tilaymiz, Barno opa” – degan izohlarni o‘qib chiqdi.

“Hammaga katta rahmat! Sizlarga ham ko‘proq sayohat qilish va havo kemasida parvoz qilishingizni tilayman. Men orzuim amalga oshganidan – havo kemasida uchish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan juda xursandman”, – deb Barno opa o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men bugun Termizga borganimdan va ilk marta havo kemasida parvoz qilganimdan bag‘oyat xursandman. Bugun his etgan tuyg‘ularim butun umr men bilan qoladi! Shunchalik xursandmanki, bu tuyg‘ularni so‘z bilan ta’riflab bera olmayman”, – deydi loyihaning yana bir ishtirokchisi Oyxol G‘afurova.

Uzbekistan Airways “Temir daftar”ga kiritilgan ayollarning orzularini ro‘yobga chiqarishda va ularning havo kemasida ilk parvozini amalga oshirishda yordam berishda davom etadi.

 

PDF-ni yuklab oling