2022-yil 5-may kuni Uzbekistan Airways Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun ochiq eshiklar kunini o‘tkazdi. Navbatdagi uchrashuv yuk tashishning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlandi. Tadbir doirasida Sultansaid Agzamxodjayev katta va kichik o‘lchamli yuklarni tashish, mahsulot va jonivorlarni yetkazib berish, yuklarni qabul qilish va jo‘natuvchilarning maxsus toifadagi yuklari haqida so‘zlab berdi.
Shuningdek, talabalar aviakompaniyaning yuk tashish departamenti tuzilmasi, uning aviaparki tarkibiga kiruvchi havo kemalari haqida bilib olishdi, shuningdek, yuk tashishga mo‘ljallangan Boeing 767 bortiga tashrif buyurishdi, u yerda aviamuhandis havo kemasi parvozga qanday tayyorlanishini misol tariqasida ko‘rsatib berdi.