Uzbekistan Airways joriy yilning 28-noyabrdan boshlab 18-dekabrgacha O‘zbekiston shaharlaridan Istanbulga uchuvchi aviaqatnovlar uchun borish va qaytish aviachiptasini xarid qilishda yuk tashish me’yori oshirilganini xabar qiladi:
Ekonom klassdagi barcha tariflar uchun endilikda bagaj miqdori 50 kgni tashkil etadi.
Biznes klassdagi barcha tariflar uchun esa bagaj miqdori 60 kgni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Uzbekistan Airways O‘zbekiston shaharlaridan Istanbulga aviaqatnovlarni quyidagi kunlarda amalga oshirmoqda:
- Toshkent-Istanbul-Toshkent haftaning har kuni.
- Samarqand-Istanbul-Samarqand haftaning dushanba, chorshanba, juma va shanba kunlari.
- Farg‘ona-Istanbul-Farg‘ona haftaning dushanba, chorshanba va shanba kunlari.
- Urganch-Istanbul-Urganch haftaning seshanba va juma kunlari.
- Buxoro-Istanbul-Buxoro haftaning payshanba va yakshanba kunlari.
Istanbul yo‘nalishidagi aviachiptalarining bir tomonga narxi 2 311 702 so‘mdan, borish va qaytish uchun esa 4 244 049 so‘mdan boshlanadi.
Narxlar 06.12.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.
Aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniya agentlaridan yoki www.uzairways.com rasmiy saytidan 3% chegirma bilan xarid qilib olishingiz mumkin.