Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatdan o‘tish jarayoni xalqaro aviaqatnovlar uchun uchish vaqtidan 1 soat oldin, mahalliy aviaqatnovlar uchun esa 30 daqiqa oldin tugaydi!
Aviachiptani xarid qilayotganda yo‘lovchi aviakompaniya bilan Shartnoma tuzishini eslatib o‘tamiz. Unga ko‘ra aviakompaniya yo‘lovchi va yukni belgilangan yo‘nalish bo‘yicha tashish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Yo‘lovchi esa, o‘z navbatida, xavfsiz parvoz uchun zarur bo‘lgan qoidalarga rioya qilish majburiyatini oladi. Ulardan biri ro‘yxatdan o‘tishdir.
Parvozdan oldingi amaliyotlarni bajarish uchun zarur bo‘ladigan qo‘shimcha vaqtni hisobga olgan holda, yo‘lovchilardan aeroportga vaqtliroq yetib kelishlarini so‘raymiz. Aviatashuvlar Shartnomasining asosiy shartlari aviakompaniyaning rasmiy saytida joylashtirilgan ommaviy ofertada keltirilgan.