Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Korporativ kartalar orqali to‘lanadigan on-layn aviachiptalar

2020 30 Dekabr
1700
Ulashing

"Uzbekistan Airways" AJ aviakompaniyasi yuridik shaxslar uchun Uzcard korporativ kartalaridan foydalangan holda yo‘lovchilarga aviachiptalarni bron qilish va to‘lash imkoniyatini beruvchi yangi xizmatni joriy etdi.

Endilikda, yangi xizmatdan foydalangan holda mijozlar nafaqat korporativ karta orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari, balki elektron ishonchnomani rasmiylashtirishlari, shuningdek, aviakompaniyaning korporativ veb-sayti orqali elektron hisob-fakturasini olishlari ham mumkin bo‘ladi.

Bronlash jarayoni tugagandan so‘ng, mijozga ERI (elektron raqamli imzo) orqali elektron ishonchnomani rasmiylashtirish taklif etiladi. Elektron tizim ko‘rsatmalaridan foydalanib, yuridik shaxs va bank kartasining kerakli ma’lumotlarini kiritish hamda ro‘yxatdan o‘tish tartibini to‘ldirish kerak. Bunday holda, marshrut-kvitansiya va sotib olishni tasdiqlovchi hujjatlar yo‘lovchi ko‘rsatgan elektron pochta manziliga yuboriladi.

Yangi to‘lov usuli yo‘lovchilarga sayohat va xizmat safarlari uchun to‘lovlarni tez to‘lashga imkon beradi, himoyalangan protokollar yordamida ma‘lumotlarning tizimda qayta ishlanishi bank kartasi va yuridik shaxsning shaxsiy ma‘lumotlari to‘g‘risidagi axborotlarning to‘liq xavfsizligini ta’minlaydi.

Ushbu xizmat yo‘lovchilarimiz talabini qondirishiga, aviachipta sotib olish tartibini soddalashtirishiga va tadbirkorlarimizning vaqtini sezilarli darajada tejashiga ishonamiz. Zero, bugungi kunda tadbirkor uchun asosiy qadriyat bu vaqt. Endi mijozlarimiz qog‘ozli ishonchnomalarni topshirish, aviachipta rasmiylashtirish va qog‘oz hisob-fakturalarini olish uchun aviakompaniyaning ofislariga kelishlari shart emas – buning uchun faqat Internetga ulanish zarur.

Yuridik shaxslar tomonidan korporativ kartalar orqali chiptalarni on-layn sotib olishni to‘lash va ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

Aviachiptalar uchun to‘lovlarni amalga oshirishning yangi usulini joriy etish "Uzbekistan Airways" AJ aviakompaniyasining elektron xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturini amalga oshirishning navbatdagi bosqichi bo‘ldi.

Biz Sizning vaqtingizni va ishonchingizni qadrlaymiz!

Yangi yilda Sizga yoqimli va xavfsiz parvozlar tilaymiz.

“Uzbekistan airways”  AJ.

PDF-ni yuklab oling