Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Kuala-Lumpur aviaqatnovlariga chegirmalar!

2025 4 Mart
Ulashing

4-martdan boshlab yo‘lovchilarimiz Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha 5-martdan 31-martga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar aviachiptalarini tariflardan 25% gacha chegirma bilan xarid qilishlari mumkin.

Yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. 25% gacha chegirma yig‘imlar, soliqlar va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar uchun amal qilmaydi.

Aksiyasining batafsil shartlari: 

 

1.    Sotuv muddati 2025-yil 05-martdan 2025-yil 31-martgacha;

2.    Parvoz davri: 05.03.25 dan 31.03.25 gacha

3.    Taqdim etiladigan chegirma miqdori:

•    kattalar uchun tarifdan – 25% gacha;

•    2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun, umumiy miqdor (bolalarnikini hisobga olgan holda)– kattalar ekonom-klass tarifidan 44% tashkil etadi;

•    chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi; 

4.    Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi; 

5.    Chegirma bilan sotib olingan aviachiptalar qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda chegirma qo‘llash faqatgina parvoz davrida amalga oshiriladigan aviaqatnovlargagina amal qiladi. 

6.    Chegirma davriga to‘g‘ri kelmaydigan aviaqatnovlarga xarid qilingan lekin to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi; 

7.    05.03.2025 dan 31.03.2025 yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshiriladigan aviaqatnovlar aviachiptalari qayta rasmiylashtirilganda/ qayta bronlashtirilganda, chegirmadan foydalanmasdan rasmiylashtirilgan to‘liq foydalanilmagan aviachiptalari tarifga chegirma qo‘llanilmaydi. Dastlab rasmiylashtirilgan aviachipta "Yorqin payshanba" aksiyasi doirasida yoki Kuala-Lumpurga/dan ilgari o‘tkazilgan aksiya davrida chegirma bilan rasmiylashtirilgan bo‘lsa, chegirma ushbu aksiya doirasidagi aviaqatnovlarda qayta rasmiylashtirishda saqlanib qoladi. 

8.    Chegirma faqat belgilangan davrda amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

9.    Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi.

10.    Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkentdan/ga Kuala-Lumpurga va ortga qaytuvchi aviaqatnovlar uchun taqdim etiladi. CodeShare aviaqatnovlarida va Tijorat shartnomalari (SPA) ostida e’lon qilingan tariflar uchun, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashuv tariflari, (RBD J, H, E, N, Q, W), shuningdek, guruhli bronlar uchun qo‘llanilmaydi.

PDF-ni yuklab oling