Sizga shuni ma’lum qilamizki, Toshkentdan Kuala-Lumpurga va ortga parvoz qilish yo‘nalishida aviaqatnovlarga 24 soatdan ko‘proq vaqt qolganida (aviachipta rasmiylashtirilgan sanadan qat’i nazar) uchish sanasini o‘zgartirish imkoniyati mavjud bo‘lib, 2024-yil 10-noyabrdan 30-dekabrgacha bo‘lgan aviaqatnovlar uchun birinchi qayta bronlash bepul amalga oshiriladi.
Mazkur shart barcha turdagi individual ekonom va biznes klass tariflariga tatbiq etiladi (imtiyozli aviachiptalar bundan mustasno).
Agar aynan o‘sha klassda joylar mavjud bo‘lmasa, tariflar o‘rtasidagi farqni to‘lash talab etiladi. Aviaqatnovga 24 soatdan kam vaqt qolganda, ikkinchi va undan keyingi qayta bronlashlar sanani o‘zgartirish uchun belgilangan yig‘imlar bilan amalga oshiriladi, bu tariflar qo‘llash qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur qayta rasmiylashtirish offlayn tarzda qo‘lda amalga oshiriladi.