“Uzbekistan Airways” AJ “Maxfiy yo‘lovchi” dasturi yakunlarini sarhisob qildi. 2022-yilda 1500 ga yaqin ishtirokchi ushbu dasturdan roʻyxatdan o`tgan. Dastur shartlariga ko‘ra, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi aviaqatnovlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini xolisona baholash kerak edi.
G‘oliblarni aniqlashda nazorat varaqlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘liqligi, aviakompaniya faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha bildirilgan taklif va tilaklar baholanib chiqildi.
Dastur yakunlariga binoan 21 nafar g‘olib aniqlandi. Eng ko‘p nazorat varaqlarini yuborgan ishtirokchiga mukofot sifatida UzAirPlus sadoqatlik kartasiga 30 000 bonus ball o‘tkazib berildi. Ikkinchi o‘rinni egallagan ishtirokchiga esa 15 000 va uchinchi g‘olibga 10 000 mukofot ballari taqdim etildi. Qolgan 18 nafar finalistlarga esa UzAirPlus kartasiga 3 000 dan mukofot ballari o‘tkaziladi.
Biz dasturning barcha ishtirokchilariga hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sirli yo‘lovchilarning taklif va mulohazalari tufayli “Uzbekistan Airways” AJ yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan servis texnologiyalari va biznes jarayonlarini yanada takomillashtirish yo‘nalishlarini belgilab oldi.
Dastur 2023-yilda ham davom etadi.