Bugun bizning bo‘lajak uchuvchilarimiz uchun o‘ziga xos ingliz tili kuni – darslarni AQSh elchixonasidan tashrif buyurgan o‘qituvchilar olib bordilar. Biz aviatsiya terminologiyasi, uchuvchilar kabinasidagi kommunikatsiyalar ustida ishladik va ingliz tilida ishonch bilan o‘zaro muloqot qilishni o‘rgandik.

Dars jarayonida tinglovchilar radiofrazeologiya va standart buyruqlar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilishni o‘rgandilar. Ingliz tilini eshitgan holda tushunish ko‘nikmalarini yaxshilash ustida ishladilar.



Bunday darslar bo‘lajak uchuvchilarimizga aniq aviatsiya muloqotida til bilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, bu esa o‘z vaqtida bo‘lajak uchuvchilar uchun o‘ta muhim ko‘nikmadir.