2023-yil 18-oktabr kuni “O‘quv-mashq markazi” MChJ “Davlat tili” yo‘nalishi bo‘yicha xodimlarni kasbga tayyorlash guruhi katta o‘qituvchisi D.Z.Xasanova tomonidan bortkuzatuvchilar malaka oshirish guruhida “Davlat tili” bayrami munosabati bilan “O‘zbek tili-milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida ochiq dars, ya’ni noan’anaviy dars o‘tkazildi. Darsda tinglovchilar o‘zbek tilining tarixidan boshlab hozirgi kungacha bo‘lgan nufuzi, yorqinligi, bu tilda ijod qilgan va ijod qilayotgan adiblar haqida gaplashdilar.
Darsda “Yo‘lovchilarga yerda va sahnda xizmat ko‘rsatish” guruhi katta o‘qituvchisi T.S.Portnova ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.
Tinglovchilar o‘zaro fikr almashish bilan birga, yangi ma’lumotlarga ham ega bo‘ldilar.