Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

O‘zbekistonda tumanlar – ob-havo sharoiti aviaqatnovlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi

2024 24 Dekabr
Ulashing

Qish fasli O‘zbekistonda kutilmagan holatlarga boy, ayniqsa ob-havo sharoitlariga taalluqli bo‘lsa. Dekabrdan martgacha mamlakatning turli hududlarida kuchli tuman va noqulay meteorologik sharoitlar kuzatiladi. Ushbu tabiat hodisalari parvozlar jadvaliga va yo‘lovchilarning qulayligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.   

 

Havo kemalari nega tuman paytida uchmaydi?

Tuman ko‘rishni sezilarli darajada cheklaydi, bu esa havo kemalarining uchishi va qo‘nishini xavfli holatga keltiradi. Sizning xavfsizligingizni ta’minlash uchun Uzbekistan Airways aviaqatnovlarni kechiktirish, ko‘chirish yoki ba’zi hollarda bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Shuningdek, agar borish manzilidagi ob-havo yomonlashsa, qo‘shimcha aeroportlarga majburiy qo‘nish holatlari ham istisno qilinmaydi.

 

Qish faslida sayohatga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?

Fors-major holatlarida ham sayohatingizni maksimal darajada qulay qilish uchun bir nechta tavsiyalarni tayyorladik:

  • Chiptalarni bir varaqda tranzit aviaqatnovlar bilan rasmiylashtiring. Bu sizning chiptalaringizni birinchi aviaqatnov kechiksa ham saqlashga yordam beradi.

  • Tranzitlar orasida qo‘shimcha vaqt zaxirasini rejalashtiring. Kichik vaqt zaxirasi stress va shoshilinch holatlardan qochishga yordam beradi.

  • Yoqtirgan yegulik, suv va bolalar bilan sayohat qilayotgan bo‘lsangiz, bolalarni o‘yinchoqlar yoki kitoblar bilan band qilish uchun narsa oling.

 

Uzbekistan Airways’ning ustuvor vazifasi – bu sizning xavfsizligingiz

Biz aviaqatnovlarning kechikishi yoki bekor qilinishi noqulayliklar tug‘dirishini tushunamiz va yo‘lovchilarimiz hamda ularning yaqinlaridan oldindan uzr so‘raymiz. Ammo sizning xavfsizligingiz – bizning asosiy ustuvor maqsadimiz bo‘lib qoladi. Ob-havo sharoitlari yaxshilangach, barcha aviaqatnovlar jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Aviaqatnov parvoz vaqti o‘zgarganda nima qilish kerak? 

  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining rasmiy sayti va mobil ilovamiz yangiliklarini kuzatib boring. 

  • Aeroportdagi vakillarimiz va +998781400200 raqami orqali Aloqa markazi sizga eng dolzarb ma’lumotlarni taqdim etishga doim tayyor. 

  • Aviaqatnovning kechikishi yoki bekor qilinishi holatlarida, aviakompaniya qoidalariga muvofiq, noqulayliklarni minimallashtirish uchun barcha choralarni ko‘ramiz. 

 

Qish – bu kutilmagan sovg‘alar va yorqin sayohatlar uchun ham imkoniyat vaqtidir. Uzbekistan Airways sizning tushunishingiz va ishonchingiz uchun minnatdorchilik bildiradi. Noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan, biz har doim sayohatingizni xavfsiz va qulay bo‘lishiga intilamiz.

PDF-ni yuklab oling