Navro‘z bayrami arafasida va O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan 20-23 mart kunlari PUSH30 korporativ fitnes platformasi Uzbekistan Airways kasaba uyushmasi ko‘magida Bokuda aviakompaniya xodimlari uchun timbilding tashkil etdi.

Tadbir dasturiga ham sog‘lomlashtirish, ham madaniy tadbirlar kiritildi. Ishtirokchilar pilates va stretching mashg‘ulotlari, shuningdek, Bokuning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab sayr qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

