“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati qishki parvozlar jadvaliga o‘tishi munosabati bilan Urganch – Milan – Toshkent, Urganch – Rim – Toshkent va Toshkent – Parij – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha mavsumiy aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qiladi.
Italiya va Fransiyaga parvozlar tasdiqlangan jadvalga ko‘ra yozgi parvozlar jadvali oxirigacha quyidagicha amalga oshiriladi:
• Urganch – Rim – Toshkent haftada bir marta – seshanba kunlari (25-oktabrgacha);
• Urganch – Milan – Toshkent haftada bir marta – juma kunlari (28-oktabrgacha);
• Toshkent – Parij – Toshkent haftasiga ikki marta – seshanba va juma kunlari (28-oktabrgacha).