Biz bahor-yoz parvozlar jadvaliga o‘tdik va Toshkentdan Olmaotaga aviaqatnovlar sonini haftasiga 14 martagacha oshirdik: yangi reyslar dushanba, seshanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Endi Toshkentdan Ostonaga haftasiga 6 marta, shanba kunlari ham sayohat qilish mumkin.
Parvozlar jadvali bilan www.uzairways.com saytida yoki Google Play va App Store’dan yuklab olish mumkin bo‘lgan Uzbekistan Airways mobil ilovasida tanishib aviachiptalarni onlayn xarid qilish mumkin.