2023-yilning 8-iyunidan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan Qurbon hayit bayrami kunlari, ya’ni, shu yilning 28-iyunidan 2-iyuligacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy reyslarning aviachiptalariga 50% chegirma taqdim etiladi.
Aviachiptalarni arzon narxlarda sotib oling va Qurbon hayitini oilangiz va do‘stlaringiz davrasida kutib oling. Uzbekistan Airways: dunyoni yaqinlashtirib!
Chegirmadan foydalanishning shartlari:
- Aviachiptalar sotuvi muddati 08.06.2023 dan 02.07.2023 gacha;
- Tashuv sanasi: 28.06.2023 dan 02.07.2023 gacha;
- Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
- kattalar uchun tarifdan – 50%;
- 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda chegirma miqdori kattalar tarifining – 50% ni tashkil qiladi);
- сhegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
- Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
- 28.06.2023 dan 02.07.2023 gacha amalga oshiriladigan reyslarga sotib olingan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
- 03.07.2023 dan boshlab qisman foydalanilgan aviachiptalar chegirmadan foydalangan holda qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, aksiya davomida amalga oshiriladigan qatnovlarda 2-segmentga chegirma qo‘llanilmaydi;
- Chegirma faqat aksiya davriga to‘g‘ri keladigan aviaqatnovlar uchun qo‘llaniladi;
- Aviachiptalarni chegirma bilan aviakompaniyaning veb-saytida, “Uzbekistan Airways Sales” filiali va uning agentlaridan faqat O‘zbekiston fuqarolari sotib olishlari mumkin;
- Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi.
Aksiyasi doirasida aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, UzAirways ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.