Ijtimoiy tarmoqlarda Uzbekistan Airways rasmiy saytidagi “Onlayn tablo” interaktiv xizmati qatnovlarning kelish va ketish vaqtlari noto‘g‘ri ko‘rsatayotgani haqida xabar tarqaldi. Hozirda ushbu texnik muammoni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Biz aviakompaniya faoliyatiga befarq bo‘lmagan fuqarolarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Aviaqatnovlarga oid savollar, parvoz jadvali, havo kemasi kelishi va jo‘nab ketishi haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston hududi joylashgan aeroportlar onlayn tablolari hamda aviakompaniyaning Aloqa markazi (24/7) +998 78 140 02 00 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bilib olishingiz mumkin.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.