Rossiya Federatsiyasi tomonidan havo hududining bir qismi yopilishi bilan bogʻliq cheklovchi chora-tadbirlarni hisobga olgan holda, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yoʻlovchilariga qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, joriy yilning 3-martidan 26-martigacha Oʻzbekiston – Sochi – Oʻzbekiston yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha qatnovlar joriy etilgani haqida ma’lum qilamiz!
Qoʻshimcha reyslar kiritilganidan kelib chiqib, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha havo qatnovi toʻxtatilgan:
HY3687/3688 va HY9687/9688 Toshkent – Krasnodar – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha;
HY9647/9648 Toshkent – Rostov-na-Donu – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha;
HY9825/9826 Namangan – Krasnodar – Namangan yoʻnalishi boʻyicha parvozlar
❗️ Sochi shahriga amalga oshiriladi ❗️
Yoʻlovchilar aeroportlarga belgilangan vaqtdan oldinroq kelishlari kerak. Shuningdek, Krasnodar va Rostov-na-Donu shaharlariga/shaharlaridan avval bekor boʻlgan parvozlar yoʻlovchilari aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki 2022-yil 3-martdan boshlab har qanday boʻsh sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.