Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Samolyotda maxsus oziq-ovqatlarni oldindan buyurtma qilish

2022 19 Aprel
Ulashing

Ushbu savol joriy yilning o‘tgan oylarida yo‘lovchilar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada kelib tushgan.

Bugungi kunda “Uzbekistan Airways” AJ bortida Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya qoidalari va me’yorlari talablariga javob beradigan: vegetarian, musulmonlar taomi, bolalar ovqatlari, mevali oziq-ovqatlar, tarkibida kleykovina boʻlmagan maxsus oziq-ovqat turlari taqdim etilmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways havo kemasi bortida parvozlarning davomiyligi, xizmat ko‘rsatish klassiga qarab yoʻlovchilarga nonushta, tushlik, kechki ovqat yoki salqin ichimliklar taklif etiladi. 2 soatgacha boʻlgan parvozlarda yoʻlovchilarga shisha idishda suv, 2 soatdan ortiq davom etadigan parvozlarda esa issiq taomni oʻz ichiga olgan oziq-ovqat taklif etiladi. Toshkent-Nyu-York-Toshkent yoʻnalishidagi parvozlarda ikki marta issiq ovqat taqdim etiladi.

“Uzbekistan Airways” AJ yoʻlovchilari aviachiptani rasmiylashtirishda yoki parvozdan oldin 48 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda “Maxsus taom buyurtma qilish” qo‘shimcha xizmatidan bepul foydalanishlari mumkin. Eslatma: 2 soatgacha boʻlgan parvozlarda maxsus oziq-ovqat buyurtma qilish tartibi taqdim etilmaydi.

 

PDF-ni yuklab oling