Sayohatlar ma’lum darajada COVID-19 infektsiyasi yuqishi yoki tarqalishi xavfi bilan bogʻliq.
«Uzbekistan Airways» AJ jamoasi barcha sayohatchilardan quyidagi ehtiyot choralariga roiya qilishni soʻrab qoladi:
- Parvozdan oldin PZR usuli orqali yangi koronavirus infektsiyasi yoʻqligini bilish uchun testdan oʻting. Sinov chet elga kelishingizdan 72 soat oldin amalga oshirilishi va ingliz tilida toldirilishi kerak;
- Harorati 37 darajadan yuqori, shamollagan, yo‘talayotgan va/yoki nafas olishi qiyin bo‘lgan yo‘lovchilarga samolyot bortiga kirishga ruxsat etilmaydi;
- Koronavirus infektsiyasining tarqalishini olish maqsadida, samolyot bortida shaxsiy himoya vositalarini ehtiyoj sezilmaganda olib tashlamaslik, havo kemasi sahnida harakatni, shu jumladan hojatxonaga borishni maksimal darajada cheklashingizni soʻrab qolamiz. Hojatxonalarda oʻrnatilgan dezinfektsiya vositalaridan foydalaning.
Shuni taʻkidlash kerakki, har bir parvozdan keyin samolyot ichi maxsus vositalar yordamida yaxshilab tozalanadi, barcha sirtlar va buyumlarga ishlov beriladi. Dezinfektsiya salonlarda va bagaj boʻlinmalarida amalga oshiriladi. «Uzbekistan Airways» AJ ning barcha samolyotlari virus va bakteriyalarning 99,97 foizini ushlaydigan zamonaviy HEPA-filtrlari bilan jihozlangan.
Koronavirusning tarqalishini oldini olish va infektsiyaga qarshi xavfsizlikni ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun barcha ekipaj a’zolari parvozdan oldin umumiy sogʻliq holati va haroratni oʻlchash uchun majburiy tekshiruvdan oʻtadilar. Parvoz davomida ular ham yoʻlovchilar kabi, niqob va himoya qoʻlqoplarini taqishadi.
Sizga va yaqinlaringizga yoqimli parvoz tilaymiz!
Batafsil: https://www.uzairways.com/uz/covid-19-0
«Uzbekistan Airways» AJ Axborot xizmati.
Telegram: t.me/uzbekistanairways