Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Sayyohlik sohasi vakillari uchun yana bir taqdimot

2019 30 Oktabr
335
Ulashing

presentation-1

Sankt-Peterburg va Shimoliy-G‘arbiy Federal okrugining turizm biznesi vakillari uchun O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligida mamlakatimizning sayyohlik salohiyati va "Uzbekistan airways" aviakompaniyasining xizmatlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Sankt-Peterburg Savdo-sanoat palatasi Turistik tadbirkorlik qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Natalya Ivanova ishtirok etdi.

Mazkur taqdimot ishtirokchilarni O‘zbekistonning boy tarixiy merosi, diqqatga sazovor turistik yo‘nalishlari, milliy urf-odatlarimiz va ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirishga imkon berdi, shuningdek, u yerda xalqaro andozalarga mos yangi "Amirsoy" tog‘-chang‘i kurortining ochilishi ham e’lon qilindi.

presentation-2presentation-3

Uchrashuv davomida "Uzbekistan airways"  aviakompaniyasining O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi bilan  aviatashuvlarni sotish bo‘yicha Bosh agenti “AeroTour” ishtirokidagi yaqin hamkorligi ijobiy natijalar berayotgani hamda O‘zbekistonning sayyohlik yo‘nalishini chet elda ommalashtirish va mamlakatimizga ko‘plab xorij sayyohlarini jalb etishga qaratilgan loyihalar ustida faol ish olib borayotgan "Uzbekistan airways" aviakompaniyasi ishtirokisiz  milliy sayyohlik salohiyatini tashqi bozorlarda samarali targ‘ib qilishning imkoni yo‘qligi ta’kidlandi.

PDF-ni yuklab oling