Bundan roppa-rosa uch yil avval mahalliy aviatashuvlar bozorida birinchi mintaqaviy aviakompaniya paydo bo‘ldi. Shu vaqt ichida Silk Avia beshta ATR-72, ikkita LET L-410 havo kemalarini xarid qildi va 13 ta shahar: Toshkent, Buxoro, Farg‘ona, Qarshi, Namangan, Navoiy, Samarqand, Termiz, Urganch, Qo‘qon, Mo‘ynoq, Zomin va Issiqko‘lga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi.
Silk Avia jamoasini chin dildan tabriklaymiz! Uch yil – uzoq yo‘lning boshlanishi. Sizga yoqimli parvoz va yangi cho‘qqilarni zabt etishingizni tilaymiz.