Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Tariflarning bagajsiz va qaytarib berilmaydigan turlarini kiritish

2021 27 Mart
Ulashing

Hurmatli yo‘lovchilar!

Ushbu bilan Sizlarga bagajsiz va qaytarilmaydigan tariflar turlari kiritilganligi, hamda PIECE CONCEPT (bagajlar soniga ko‘ra) tartibi bo‘yicha bagaj qoidalariga o‘tilganligi haqida ma’lum qilamiz. 

Bagajsiz/qaytarilmaydigan tariflar uchun quyidagi qoidalar amal qiladi:

  1. Olib o‘tiladigan bagaj me’yori – 0 ta  (0PC)
  2. Qo‘l yuki me’yori – 1 ta 8 kg gacha (1PC)
  3. Qaytarish holatida:
  • reys uchib ketishidan oldin tashuvning foydalanilmagan uchaskalaridagi yoqilg‘i yig‘imi va e’lon qilingan aeroport yig‘imlari qaytarilishi lozim,
  • reys uchib ketganidan keyin tashuvning foydalanilmagan uchastkalarida faqatgina e’lon qilingan aeroport yig‘imlari qaytarilishi lozim;
  1. Qayta bronlash/qayta rasmiylashtirish holatida:
  • Reys uchib ketishidan oldin qayta bronlash/ qayta rasmiylashtirish uchun belgilangan yig‘im undiriladi,
  • Reys uchib ketganidan keyin qayta bronlash/qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi;
  1. Qaytarilmaydigan/ bagajsiz tariflar qaytarish va olib o‘tiladigan bepul bagaj me’yori shartini ko‘zda tutgan tariflar bilan kombinatsiya qilinmaydi;
  2. Bronlash klassini qaytarilmaydigan/bagajsiz klassidan qaytariladigan/bagajlisiga ko‘tarish taqiqlanadi.

Hurmatli yo‘lovchilar!

E’tiboringizni quyidagilarga qaratamiz:

O‘zbekistondan Dubay/Sharja/Istanbul/Nyu-York va orqaga qaytish yo‘nalishlarida olib o‘tiladigan bagajning kamaytirilgan me’yorli qaytarilmaydigan tariflari kiritilgan:

  • O‘zbekiston – Dubay/Sharja/Istanbul va orqaga qaytish yo‘nalishida  qaytarilmaydigan tariflar uchun  olib o‘tiladigan bagaj me’yori - 20 kg, chaqaloq (INF) toifasidagi yo‘lovchilar uchun – 10 kg belgilangan.
  • O‘zbekiston – Nyu-York va orqaga qaytish yo‘alishida  qaytarilmaydigan tariflar uchun olib o‘tiladigan bagaj me’yori 1 o‘rin 23 kg gacha (1PC), chaqaloq (INF) toifasidagi yo‘lovchilar uchun – 1 o‘rin 10 kggacha (1PC) etib belgilangan

Shu bilan birga qaytarish va qayta rasmiylashtirish holatida olib o‘tiladigan bagajning kamaytirilgan me’yorli mazkur tariflar uchun alohida shartlar amal qiladi.

 

PDF-ni yuklab oling