Nyachang Uzbekistan Airways’ning ilk yo‘lovchilarini issiq quyosh va samimiy mehmondo‘stlik bilan kutib oldi. Kamran xalqaro aeroporti xodimlari o‘zbekistonliklar uchun maroqli xordiq boshlanishiga o'ziga xos sovg'a tayyorlashdi: yo'lovchilar bilan fotosessiya o‘tkazib, esdalik sovg‘alarni taqdim etdilar.