2024-yil yozgi jadvalidan Toshkent-Mumbay-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnovlar ochilishi munosabati bilan 2024-yil 28-fevral kuni Radisson Mumbai mehmonxonasida roud-shou boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Hindistonning 100 ga yaqin turoperatorlari va O‘zbekistondan 2 ta turoperatorlar ishtirok etdi.
O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Sardor Rustambaev, elchining turizm va madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Soliyev Iqboljon hamda Ajay Arya, BSP konsolidatori Arya Enterprises va “Uzbekistan Airways” AJning Dehlidagi vakili so‘zga chiqdilar.
Roadshou ishtirokchilari orasida Mumbay – Toshkent – Mumbay yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta aviachipta uchun lotereya o‘tkazildi.