Bugun, 5-noyabr kuni "O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazma majmuasida "Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2024" 20-Yubiley xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Tadbir doirasida Uzbekistan Airways vakillari aviakompaniyaning yuk tashish sohasidagi imkoniyatlarini namoyish etdilar hamda logistika kompaniyalari va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan qator muzokaralar olib bordilar.
Ko‘rgazma 2024-yil 5-7-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi ko‘magida o‘tkaziladi.
TransLogistica Uzbekistan 2024’ning asosiy maqsadi – transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va O‘zbekistonning transport sohasiga investitsiyalarni jalb qilish.