Bugun, 1-may kuni aviakompaniya rahbariyati Airbus konsernining Yevropa mintaqasidagi Prezidenti Yoxan Pelisye va Airbus International konsernining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi Vitse-prezidenti Jag Garrig bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida muvaffaqiyatli munosabatlar, O‘zbekiston Respublikasi milliy aviatashuvchisi aviaparkini kengaytirish imkoniyatlari, shuningdek, Uzbekistan Airways xodimlarni o‘qitish va havo kemalarini texnik ta’minoti bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar xavfsiz aviaqatnovlarni yaratish maqsadiga va ikki kompaniya o‘rtasida yuqori darajadagi hamkorlikni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar. Tadbir doirasida mehmonlar Uzbekistan Airways Parvozlarni boshqarish markaziga tashrif buyurishdi.