O'zbekistonda turizmni rivojlantirish va "Uzbekistan Airways" AJ yo'lovchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida joriy yilning 29-mayidan Urganch-Oqtov-Urganch yo'nalishi bo'yicha haftasiga ikki marta muntazam xalqaro qatnovni amalga oshira boshlaydi.
Quvonarlisi, so'nggi yillarda mamlakatimizning sayyohlik infratuzilmasi ancha yuqori darajaga ko'tarildi. Zero, O'zbekistonga tashrif buyuradigan sayyohlar havo transporti orqali respublikaning diqqatga sazovor joylariga borish imkoniga ega.
Yangi yo'nalish bo’yicha parvozlar sanitariya-epidemiologiya talablariga qat'iy rioya qilgan holda va aviakompaniyaning saytida e'lon qilingan jadvalga muvofiq dushanba va juma kunlari zamonaviy A-320 samolyotida amalga oshiriladi.
Urganch-Oqtov-Urganch yo'nalishida aviachipta narxi 1 880 000 so'mni tashkil etadi. Bundan tashqari, yo'lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent-Urganch-Oqtov yo'nalishi bo'yicha qulay tutashuvlar mavjud.
Yo'nalish | |
Urganch-Oqtov | Chipta sotib olish |
Oqtov-Urganch | Chipta sotib olish |