25-mart kuni Uzbekistan Airways Urganch shahrida sayyor qabul tashkil etadi. Bu aviakompaniya faoliyati bilan bog‘liq masalalarni tezkor hal qilish va fuqarolarning murojaatlari uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.
Sayyor qabulda qatnashmoqchi bo‘lganlarni Tinchlik ko‘chasi, 6-uy manzilida joylashgan IT Park Xorazm filialiga taklif qilamiz. Tadbir boshlanish vaqti 11:00.
Batafsil ma’lumot uchun +998781404520 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.