Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways: 2022-yil natijalari

2022 31 Dekabr
1
Ulashing

Uzbekistan Airways 2022-yil davomida yangi xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilash va mamlakatlar o‘rtasida yo‘lovchilar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirdi. Aviakompaniya uchun eng muhim voqea – bu aviapark uchun yangi Airbus A321neo havo kemalarini xarid qilish bo‘ldi.  

Uzbekistan Airways bu yil ham xalq va tadbirkorlar bilan faol uchrashuvlar o‘tkazdi. Fuqarolarning aviakompaniya qanday qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi fikrlari o‘rganildi. Sayyor qabullarda, ayniqsa, yoshlar orasida fuqaro aviatsiyasi sohasida ishlash istagi bilan ko‘plab murojaatlar kelib tushgani quvonarli holat.

Uzbekistan Airways tarkibiy bo‘linmalari – Uzbekistan Airways Technics, O‘quv-mashg‘ulot markazi, Ketring mas’uliyati cheklangan jamiyatlari joriy yilda yangi marralarni zabt etdi.

1) “Uzbekistan Airways Technics” MChJ Boeing 737 va Boeing 747 kabi yangi turdagi havo kemalari bo‘yicha muhandis-texnik xodimlari qayta o‘qitildi. Umumiy xisobda aviatashkilotning 200 nafar xodimi qayta o‘qitildi, bu tashqi bozorda taklif etilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirishga va xizmatlar eksporti, ish hajmi va ish haqi, rentabellikning oshishiga olib keladi.

2) “Ketring” MCHJ joriy yilning avgust oyida ketring xizmati yangi bosh oshpazi Fotih Berber bilan birgalikda bort taomlarini konsepsiyasini yangiladi. Yangi konsepsiya birinchi bo‘lib avgust oyidan Toshkent-Seul, sentyabr oyidan esa Parij, Frankfurt, London va Milan yo‘nalishidagi aviaqatnovlarda o‘zgartirildi. Qolaversa, bosh oshpaz aviakompaniya elchisi Sevara Nazarxon bilan Toshkent-Dubay yo‘nalishida shaxsan o‘zi havo kemasi sahnida yangi menyu taqdimotini o‘tkazdi. Aviakompaniya boshqa yo‘nalishlarda ham bort taomnomasini yangilashda davom etmoqda.

3) 2022-yil O‘quv-mashg‘ulot markazi” MChJ uchun ham oson bo‘lmadi. Markaz Uzbekistan Airways aviakompaniyasining o‘nlab yangi xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshirdi. 2022-yilda Uzbekistan Airways xorijiy davlatlardan 9 nafar ikkinchi uchuvchi va 19 nafar komandirlarni ishga qabul qildi. Bundan tashqari, keyingi yilning yanvar oyida esa parvoz o‘quv muassasalarini tamomlagan xorijlik bitiruvchilar o‘rtasida tanlov o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu tanlov Uzbekistan Airways tarixida ilk marotaba oʻtkaziladi, avvallari esa aviakompaniya faqat amaldagi xorijlik uchuvchilar bilan shartnoma tuzar edi.

Aviakompaniya yangi havo kemalarini xarid qilish bilan birgalikda bortkuzatuvchilarni ishga jalb qilishni boshladi. Chunki yo‘lovchilar uchun xavfsiz va qulay parvozni ta’minlashda bortkuzatuvchilik kasbi juda muhim o‘rin tutadi. 2022-yil dekabriga qadar “O‘quv-mashg‘ulot markazi”ning 29 nafar bitiruvchisi tanlovdan o‘tdi va Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga ishga taklif qilindi.

Bundan tashqari, Uzbekistan Airways Sales markaziy aviakassasida elektron navbatga turish imkoniyati paydo bo‘ldi. Mazkur xizmat tufayli o‘tkazuvchanlik qobiliyati ortdi, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish vaqti 25-30 foizga kamaydi.

Sentabr oyidan boshlab yo‘lovchilar aviakompaniya rasmiy www.uzairways.com saytidan qo‘shimcha xizmatlar bo‘limida yangi “Aviachiptani qayta rasmiylashtirish” onlayn xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Uzbekistan Airways 2022-yilda 4 millioninchi yo‘lovchini tashib ulgurdi, bu esa o‘z navbatida aviakompaniya mintaqadagi mavqeini yaxshilash va yanada katta natijalarga erishishga tayyor ekanligini bildiradi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu yil aviakompaniya yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘ydi va mashhur yo‘nalishlarni tikladi.

2022-yilning eng katta yutug‘i bu Uzbekistan Airways va Airbus o‘rtasida tuzilgan yangi shartnoma. Airbus oilasining 12 ta yangi samolyotini (shu jumladan A320NEO va A321NEO) sotib olish bo‘yicha 2029-2030 yiilarda yetkazib berish sharti bilan kelishuvga erishildi. Shuningdek, “Airbus Helicopters” kompaniyasi bilan “Uzbekistan Helicopters” MCHJ uchun o‘rta muddatli istiqbolda H145 ikkita vertolyotni yetkazib berish masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Uzbekistan Airways jamoasi yo‘lovchilarning qulay parvozi uchun yangi imkoniyatlar yaratishda davom etadi. Kelayotgan yil hali quvonchli lahzalarga boy bo‘lsin va yo‘lovchilarimiz sayohat qilishlari uchun ko‘proq yangi yo‘nalishlar ochilsin.

 

PDF-ni yuklab oling