Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways Airbus bilan 12 ta havo kemasini xarid qilish uchun shartnoma imzoladi

2023 20 Yanvar
Ulashing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Airbus aviaqurilish kompaniyasi bilan A320neo oilasiga tegishli 12 ta havo kemasini (sakkizta A320neo va to‘rtta A321neo) xarid qilish uchun shartnoma imzoladi. Yangi avialaynerlar aviakompaniyaning bugungi kunda 17 ta Airbus A320 oilasiga tegishli havo kemalaridan iborat aviaparkiga kelib qo‘shiladi. Yangi shartnoma doirasida dvigatellarni tanlash keyinchalik aviakompaniya tomonidan buyurtma qilinadi.

Yang havo kemalari Airbus Airspace saloniga ega bo‘lib, u yo‘lovchilarga havo transporti bozorida yuqori darajadagi qulaylikni taqdim etadi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yangi havo kemalaridan yo‘nalishlar tarmog‘ini yanada kengaytirish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda. 

“Airbus bilan imzolangan shartnoma aviakompaniya parkini modernizatsiya qilish strategiyamizning yangi bosqichi bo‘lib, yo‘lovchilarga eng zamonaviy va qulay havo kemalarini taklif qilishni davom ettirishga imkon beradi. Shu bilan birga, A320neo oilasining ushbu havo kemalari bizga Markaziy Osiyo mintaqasidagi mavqeimizni yanada yaxshilashga va mintaqa ichida ham, undan tashqarida ham parvozlar xaritasini sezilarli darajada kengaytirishga yordam beradi”, – Ilhom Mahkamov, “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi.  

“Uzbekistan Airways bilan hamkorligimiz 1993-yilda boshlangan. Aviakompaniya aviaparkini kengaytirish uchun yana A320neo oilasiga mansub havo kemalarini tanlagani katta sharaf. Biz Markaziy Osiyo mintaqasida aviatashuvlar bozori qanday rivojlanayotganini kuzatyapmiz. A320neo oilasining zamonaviy va samarali havo kemalari Uzbekistan Airways kompaniyasiga ushbu o‘sishdan foyda olish va mintaqada yetakchi rollardan birini egallash imkonini beradi", – Kristian Sherer, Airbus kompaniyasining Bosh tijorat direktori va Xalqaro bo‘limi boshlig‘i.

A320neo oilasi yonilg‘i tejamkorligi CO2 (karbonat angidrid) chiqindilarining kamida 20 foizini ta’minlaydigan yangi avlod dvigatellari va Sharklets kabi eng so‘nggi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. 130 dan ziyod mijozlarning 8600 dan ortiq buyurtmalarini olgan A320neo oilasi dunyodagi eng mashhur havo kemasi hisoblanadi.

PDF-ni yuklab oling