Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
– O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi;
– 21 yoshdan 35 yoshgacha.
Eslatma: Hujjatlarni topshirish kunida 21 yoshga to‘lmagan yoki 36 yoshga to‘lgan shaxslar tanlov saralashida ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yilmaydi;
– fuqaro aviatsiyasi uchuvchisining tugallangan aviatsiya ta’limi;
Eslatma: O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan ma’lumot mavjud bo‘lgan taqdirda, hujjatlarni topshirish vaqtida xorijiy ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan hujjatlari talablariga muvofiq nostrifikatsiyalangan bo‘lishi kerak;
– ariza berish vaqtida FA parvoz o‘quv yurti tugaganidan beri 3 (uch) yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davri;
– FA parvoz o‘quv yurtida 120 uchish soatidan kam bo‘lmagan;
– ta’lim dasturini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan hajmda davlat tili, rus va ingliz tillarini bilish;
– ICAO 4 shkalasi va undan yuqori boʻlgan ingliz tili darajasi;
– erkak nomzodlar uchun harbiy xizmatga yaroqlilik belgisi bilan O‘zbekiston Respublikasi harbiy guvohnomasining mavjudligi;
– IR’ni tasdiqlovchi hujjat;
– amaldagi tibbiy guvohnoma (amal qilish muddati kamida 6 oy)
Hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 10-oktabrgacha amalga oshiriladi.
Rejalashtirilgan tanlov sanasi Toshkent shahrida 2022-yilning 12-oktabr kunidan boshlab boʻlib oʻtadi.
Hujjatlar quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: Toshkent sh., Sergeli tumani, Parvoz xizmati departamenti (avvalgi Uchuvchilar majmuasi binosi), 313-xona – Tursunova Nargiza Shuxratovna.
Eslatma: to‘ldirishingiz va topshirishingiz kerak bo‘lgan ariza ilova qilingan.