Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

«Uzbekistan Airways» AJ yangi model asosida ilk parvozni amalga oshirdi

2021 30 Avgust
Ulashing

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligini keng miqyosda nishonlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi 5100-sonli Qarori ijrosini ta‘minlash doirasida Uzbekistan Airways aviatashuvlarning gibrid modeliga o‘tdi va 30-avgust kuni Toshkent-Moskva yo‘nalishida birinchi aviaqatnovni amalga oshirdi.

Ilk Uzbekistan Airways Express aviaqatnoviga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda 22 nafar migrant-yo‘lovchilar taklif etilib, ularga bir martalik Toshkent-Moskva yo‘nalishiga bepul aviachiptalar hadya etildi. Bu ham o‘z navbatida aviabilet xarid qilib olishga imkoniyati bo‘lmagan yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan e’tibordan darak.  

Uzbekistan Airways Express mahalliy va mintaqalararo aviatashuvlarga asosiy e’tiborini qaratadi hamda "to‘liq ekonom" tarzida komponovka qilingan 4 ta Airbus A320 havo kemasida o‘z aviaqatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi. Kelgusidagi aviaqatnovlar xaritasi Moskva, Novosibirsk, Qozon, Rostov-na-Donu, Krasnodar, Sochi, Mineralniye Vodi, Yekaterinburg, Aqtau, va Aqtobe kabi muhim shaharlarni ham o‘z ichiga oladi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Uzbekistan Airways Express uchun modifikatsiya qilingan avialaynerlarda amalga oshiriluvchi parvozlarning aviachipta narxlari 20 foizga pasaytirilgan va joriy yilning sentabr oyidan boshlab quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

  • Toshkent – Moskva - 1 490 645 so‘mdan, Toshkent – Moskva – Toshkent - 2 833 750 so‘mdan;
  • Urganch - Moskva - 1 490 645 so‘mdan, Urganch - Moskva - Urganch - 2 833 750 so‘mdan;
  • Namangan - Moskva - 1 490 645 so‘mdan, Namangan – Moskva – Namangan - 2 833 750 so‘mdan;
  • Buxoro - Moskva - 1 490 645 so‘mdan, Buxoro - Moskva – Buxoro - 2 833 750 so‘mdan;
  • Farg‘ona – Moskva - 1 490 645 so‘mdan, Farg‘ona – Moskva – Farg‘ona - 2 833 750 so‘mdan;
  • Qarshi – Moskva - 1 490 645 so‘mdan, Qarshi – Moskva – Qarshi – 2 833 750 so‘mdan;
  • Toshkent – Krasnodar - 1 717 888 so‘mdan, Toshkent – Krasnodar – Toshkent – 3 158 892 so‘mdan;
  • Toshkent - Mineralniye Vodi - 1 551 782 so‘mdan, Toshkent - Mineralniye Vodi – Toshkent – 3 003 550 so‘mdan;
  • Toshkent – Rostov-na-Donu - 1 520 238 so‘mdan, Toshkent – Rostov-na-Donu – Toshkent – 2 974 635 so‘mdan.

Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yo‘lovchilar +998981400200 (kunu-tun) telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, Uzbekistan Express aviaqatnovlari bo‘yicha o‘z savollariga javob olishlari mumkin.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling