Unda aviakompaniyaning boshqarma boshliqlari, mas’ullar bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslar, aviachiptalar sotuvi boʻyicha agentlar, turistik kompaniyalar vakillari, tadbirkorlik subyektlari, yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbir boshida “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan bunday tadbir ilk marotaba oʻtkazilayotgani ta’kidlandi. Aviakompaniyada amalga oshirilayotgan ishlar, aviatsiya sohasidagi yangiliklar va yangi loyihalar haqida, ayniqsa yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini oshirish maqsadida qanday qulayliklar yaratilayotgani haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Sayyor qabul doirasida yoʻlovchilarni qiynayotgan muammolar boʻyicha savol-javob tariqasida ishtirokchilar bilan muloqot qilinib, aholining murojaatlari atroflicha oʻrganib chiqildi. Murojaatlarning aksariyat qismi joyida yechimini topdi, qoʻshimcha oʻrganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar boʻyicha masʼul rahbar va xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuni ta’kidlab oʻtish joizki ushbu sayyor qabul Instagram ijtimoiy tarmogʻida jonli efirda uzatildi va uni 1400 ga yaqin obunachilar tamosha qilishdi. Bu oʻz navbatida uchrashuvni shaffof oʻtishiga va nafaqat respublikamiz balki chet davlatlardan ham kuzatib borishlariga imkon yaratdi.
Fotima Oʻktamova, ekobloger:
- Biz Fargʻonadan Toshkentga qatnovlar haftasiga ikki marta amalga oshirilayotganini bilamiz. Havo transporti biz uchun juda qulay, ayniqsa qishda. Umuman, Toshkent–Fargʻona–Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qatnovlar sonini koʻpaytirish rejalashtirilganmi?
Ushbu savolga va ekoblogerning talabiga quyidagicha javob berildi. “Toshkentdan Fargʻona vodiysiga aviaqatnovlar sonini oshirishni keyingi yilga rejalashtirganmiz”.
Ta’kidlash joizki, uchrashuv doirasida Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga toʻgʻridan-toʻgʻri qatnovlar yoʻlga qoʻyilishi haqida ham takliflar boʻldi. Bu aholining respublika ichida harakatlanish darajasini oshirish, yoʻlovchilar oqimini koʻpaytirish va mamlakatimiz ichki turizmini rivojlantirish imkonini beradi.
Telegram-bot yoki onlayn-maslahatchi yaratish kerakligi haqida yana bir taklif kelib tushdi, unda parvoz haqidagi barcha ma’lumotlar, ushbu mamlakatning yangi qoidalari va boshqa ma’lumotlar taqdim etilishi kerakligi haqida aytib oʻtildi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ushbu xalq bilan uchrashuvlarni har bir viloyatda uyushtirib, yoʻlovchilarni qiynayotgan savollarga yechim topib, ularni taklif-mulohazalarini oʻrganishda davom etadi.
Telegram: t.me/uzbekistanairways