Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi birinchi Airbus A321LR havo kemasini kutib oldi

2022 14 Fevral
Ulashing

Bugun, 14-fevral kuni “Toshkent” aeroportining mahalliy aviayoʻnalishlar terminalida birinchi A321LR havo kemasini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Gamburg shahridan uchib kelgan ilk A321LR havo kemasini an’anaga koʻra suv arkasi bilan kutib olindi. Tadbirda “Uzbekistan Airways” AJ rahbariyati va xodimlari, ommaviy axborot vositalari, bloger, spotterlar, shuningdek, faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.

UK32101 roʻyxatga olish raqamini olgan samolyot Airbus zavodlaridan biri joylashgan Gamburg shahridan (Germaniya) 5 soatu 30 daqiqa davom etgan toʻgʻridan-toʻgʻri parvoz amalga oshirdi. Havo kemasi Uzbekistan Airways ekipaji Dilyaver Karabash va Shoxrux Rahimov boshqaruvida olib kelindi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Markaziy Osiyoda Airbus’ning uzoq masofaga moʻljallangan mahsulotining birinchi operatori boʻladi. Birinchi samolyot 188 yoʻlovchiga (biznes-klassdagi 16 oʻrin, ekonom klassida 172 oʻrin) moʻljallangan va CFM International LEAP-1A dvigatellari bilan jihozlangan. Aviakompaniya oʻzining birinchi A321LR havo kemasini mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha foydalanishni rejalashtirmoqda.

Uzbekistan Airways Airbus bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni 1993-yilda boshla boʻlib, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi va hozirda “Uzbekistan Airways” AJ A310 havo kemasidan boshlab Gʻarbda ishlab chiqarilgan zamonaviy samolyotlar parki bilan yangi davrga kirib kelgan mintaqadagi birinchi aviakompaniya boʻldi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi har doim aviatsiya korxonalari bilan yaqin aloqada boʻlib kelgan boʻlsa, keyingi yillarda A310 va boshqa turdagi havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻz imkoniyatlariga ega boʻldi. Ushbu muvaffaqiyatning ikkinchi muhim omili 2010-yilda xizmatga kirishgan A320CEO tanlovi boʻlsa, 2019-yilda esa aviakompaniya aviaparkiga qoʻshilgan A320NEO boʻldi.   

“Aviakompaniyaning yaqin kelajakdagi rejalari – yaqin va uzoq xorij mamlakatlariga parvozlar geografiyasini kengaytirish, shuningdek, yangi va qulay samolyotlarni sotib olish orqali aviaparkini kengaytirish boʻyicha faol ish olib bormoqda. Buning yaqqol misoli bu yil oxirigacha qabul qilib olinadigan beshta Airbus samolyotlariga buyurtma berilishidir” –, deydi “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Ilhom Mahkamov.

Tadbir davomida ishtirokchilar, OAV vakillari yangi zamonaviy Airbus A321neo avialayneri va uning texnik xususiyatlari bilan yaqindan tanishishdi.

 

PDF-ni yuklab oling