Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi “ITB INDIA 2023” ko‘rgazmasida

2023 28 Aprel
1
Ulashing

Mumbay shahrida oʻtkazilgan “ITB INDIA 2023” xalqaro sayyohlik koʻrgazmasi ITB xalqaro tarmogʻiga kiritilgan eng yirik koʻrgazmalardan biri hisoblanadi. Unda sayohat uyushmalari va agentliklari, mehmonxonalar, MICE va aviakompaniyalar ishtirok etishdi.

Tadbir Janubiy Hindistondan mamlakatimizga potentsial yo‘lovchilarni jalb qilish va yaqin bir necha yil ichida Toshkentdan Mumbayga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlarni tiklash bo‘yicha aviakompaniyaning maqsadli faoliyati uchun tegishli platforma vazifasini o‘taydi.

Ko‘rgazma davomida aviakompaniya delegatsiyasi Mumbayga parvozlarni qayta tiklash, shuningdek, Uzbekistan Airways parvozlar xaritasiga asosan Yevropa va Rossiya yo‘nalishlariga qulay aloqalarni ta’minlashdan manfaatdor bo‘lgan mahalliy biznes vakillari bilan qator muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazdi.

Shuningdek, Uzbekistan Airways delegatsiyasi “ITB INDIA 2023” ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimida Nurnberg Messe guruhi direktori Satyendra Mehra, Germaniyaning Hindistondagi Bosh konsuli Achim Fabig, Indo German bosh direktori o‘rinbosari Sonia Prashar va Messe Berlin boshqaruvchi direktori Katrina Leung bilan birgalikda qatnashdi. Ochilish marosimi ishtirokchilari bilan muzokaralar chog‘ida 2023-yilgi Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasiga tashrif buyurish taklif etildi.

PDF-ni yuklab oling