Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi MDH mamlakatlarining eng jadal rivojlanayotgan aviakompaniyasi deb tan olindi

2020 29 Yanvar
182
Ulashing

24-yanvar kuni Sankt-Peterburgda bo'lib o'tgan an'anaviy  LED Together mukofotlash marosimida "U'zbekistan Airways" 2019 yildagi faoliyat yakunlariga ko'ra MDH mamlakatlarida eng jadal rivojlanayotgan aviakompaniya deb topildi.  Ushbu e'tirof O'zbekiston aviakompaniyasining 28 yilligini nishonlash arafasida munosib sovg'a bo'ldi.

led

Bugungi kunda "Uzbekistan Airways" avikompaniyasning qulay avialaynerlarida "Pulkovo" aeroportiga Toshkentdan - 5 ta, Samarqanddan - 4 ta, Urganchdan - 3 ta, Farg'ona, Namangan, Termiz va Buxorodan haftasiga 1 tadan qatnov amalga oshirilmoqda.  2019-yil oxirida O'zbekiston aviakompaniyasi Pulkovoda 288,7 ming kishiga xizmat ko'rsatdi, bu 2018-yilga nisbatan 20,1% ga ko'p, parvozlar va qo'nishlar soni 200 tadan ortiq operatsiyalarga ko'paydi.

Ta'kidlash joizki, "Shimoliy Poytaxtning Havo Darvozasi" - "Pulkovo" aeroportining boshqaruv kompaniyasi har yili Sankt-Peterburg (Rossiya) aeroportiga parvozlarni amalga oshirayotgan aviakompaniyalarni yo'lovchilar oqimini ko'paytirish, yangi yo'nalishlarni rivojlantirish, Sankt-Peterburgdagi havo transporti va turizmni rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun mukofotlab boradi.

 

PDF-ni yuklab oling