Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

2022 10 Avgust
Ulashing

Joriy yilning 5, 6 va 8-avgust kunlari Uzbekistan Airways rahbariyati Samarqand, Buxoro va Farg‘ona shaharlarida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etdi.

Mazkur tadbirda Transport boshqarmasi, Turizm va madaniy meros vazirligi hududiy bo‘linmalari, sayyohlik tashkilotlari, aviachipta sotuvi bo‘yicha agentlar, tadbirkorlar, OAV, blogerlar hamda jismoniy shaxslar ishtirok etishdi.

“Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati rahbari Kamola Ikramova aviakompaniyada amalga oshirilayotgan yangi loyihalar va rejalar haqida batafsil so‘zlab berdi. Bugungi kunda Uzbekistan Airways tomonidan yo‘lovchilarga har tomonlama qulaylik yaratish maqsadida bir qator yangiliklar amalga oshirilmoqda. Yaqindagina qayta ishga tushirilgan aviakompaniyaning mobil ilovasi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Aviakompaniyaning rasmiy veb saytidan sotib olish mumkin bolgan onlayn xizmatlar bo‘yicha ham batafsil ma’lumot vakillar tomonidan taqdim etildi.

Navbatdagi uchrashuvlar oldingilardan farqli o‘laroq tadbirkorlar bilan muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi. Aynan tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotni tashkil etilishi Aksiyadorlik jamiyati tomonidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan soha vakillarini taklif va istaklarini o‘rganish va yuzaga kelayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hisoblanadi.

Tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib o‘tgan muloqotda kelishuv asosida charter reyslarini tashkil etish, turoperator bilan sayyohlik yo‘nalishlardagi qatnovlarda yo‘lovchilardan tushayotgan murojaatlar va takliflar muhokama qilindi. Tadbirda aviakompaniya tadbirkorlar bilan ishlashga tayyorligini va ularga hech qanday cheklovlar mavjud emasligi yana bir bor eslatib o‘tildi.

Samarqandda o‘tgan muloqotni bir qancha takliflar – Samarqanddan har hafta “Umra-2022” dasturi bo‘yicha qatnov qo‘yilishi hamda Samarqand – Sharm el-Shayh yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

Buxorodagi bo‘lib o‘tgan tadbir ancha qizg‘in kechdi. Buxorolik tadbirkorlar bunday imkoniyat har kuni bo‘lavermasligini bilib ko‘plab savollar bilan Uzbekistan Airways vakillariga yuzlanishdi.

Aksariyat ishtirokchilar Buxoro – Vladivostok yo‘nalishi bo‘yicha qatnov yo‘lga qo‘yilishini va bugungi kunda yo‘lovchilardan ushbu yo‘nalishga talab yuqoriligini ta’kidlashdi.  

Boshqaruv raisining tijorat va turizm boʻyicha oʻrinbosari Shuhrat Xudaykulov: “Bunday takif tushayotganligi bu juda yaxshi – biz faqat hursandmiz. Biz bu yo‘nalish bo‘yicha o‘rganib chiqamiz va tez orada o‘z xulosamizni jamoatchilikka yetkazamiz”.

Sotuv agentlari tomonidan Ketring xizmatiga savol yo‘llandi: Bizga yo‘lovchilar havo kemasi sahnida ovqat berilmayotganligidan shikoyat bildirishayapti. Ushbu vaziyat Buxoro – Moskva yo‘nalishi kuzatilyapti. Sendvich bilan suv bu taom emas. Ketring xizmati ovqat taqdim etmayaptimi yoki?

Bugungi kunda aviakompaniya klassik qatnovlar hamda Uzbekistan Airways Express loukost qatnovlarini amalga oshirmoqda. Bu vaziyat loukost qatnovlarda bo‘layotgani esa odatiy hol. Narxlar arzonroq bo‘ladi va shunga yarasha issiq taom taqdim etilmaydi. Bu faqat bizda emas balki boshqa xalqaro aviakompaniyalarda ham kuzatiladigan vaziyat.

Aviakompaniya tomonidan doimiy tarzda Uzbekistan Airways Express qatnovlari to‘g‘risida ma’lumot berib borilyapti. Sotuv bo‘yicha agentlariga yo‘lovchilarga aviachiptani rasmiylashtirish vaqtida qatnov haqida to‘liqroq ma’lumot berib o‘tilishi vazifasi yuklatildi.

Aksariyat hollarda yo‘lovchilar noqulay vaziyatga tushib qolishyapti. Bu – deport masalasi.

“Nega manzilga borgandan keyin mamlakatga kirish man etilishi to‘g‘risidagi ma’lumot aytiladi. Shu savolga javobni bizni mamlakatdan chiqishdan oldin olishni iloji bormi? Bu so‘zlarni bekorga aytmayapmiz. Insonlar ko‘p sarson bo‘lishyapti. Ham vaqtdan yutkazishyapti ham puldan”. 

 Ushbu masala kerakli tashkilotlarga yetkazilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbirda tadbirkor aviakompaniya tomonidan yuk tashuvi bo‘yicha qanday imtiyozlar borligi haqida ma’lumotlar taqdim etildi. 

Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish tadbirkorlar va ularni ko‘plab muammolarni yechimini topishda katta imkoniyat bo‘ldi. Savollar, aviakompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarga bo‘lgan munosabatlar, aviachiptalar bilan bo‘g‘liq takliflar bularning hammasi ikkinchi marta Farg‘onada o‘tkazilgan uchrashuvda namoyon bo‘ldi.

“Guruh bo‘lib uchadigan yo‘lovchilarga qanday imtiyozlar mavjud?”

Ushbu savol turoperatorlardan kelib tushdi. Hududning doimiy tarzda turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan turoperatorlar bilan ishlash ko‘rib chiqilishi ta’kidlandi.

Farg‘ona aeroportida yo‘lovchilarga tezkor xizmat qilish imkoniyatini ko‘rib chiqilsa yaxshi bo‘lar edi. Qatnovlar ko‘paytirilgan va shunga yarasha o‘tkazuvchanlikni oshirish kerak.

Boshqaruv raisining tijorat va turizm boʻyicha oʻrinbosari Shuhrat Xudaykulov: “Juda o‘rinli taklif. Bizning ham ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘z takliflarimiz bor”.

Farg‘ona viloyati turizm salohiyatini rivojlantirish maqsadida Uzbekistan Airways havo kemalarida hududga oid sayyohalrni jakb qiladigan videoroliklar ko‘rsatilsa yaxshi bo‘lar edi.

Xizmat ko‘rsatish departamenti rahbari Kamola Zufarova: “Bundan biz faqat hursand bo‘lamiz. Uzbekistan Airways havo kemalari sahnida yo‘lovchilarga bort jurnali tarqatiladi. Bir oy davomida jurnalni 200-300 ming yo‘lovchi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Uzbekistan Airways deb nomlangan jurnalda Farg‘ona viloyatiga bag‘ishlangan maxsus son ishlab chiqishimiz mumkin. Shuningdek, videoroliklarni ham o‘rganib chiqamiz”.

Uchrashuvda aviakompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida ham savol kelib tushdi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasida imkoniyati cheklangan insonlarga qanday xizmat taklif etiladi va buni qanday buyurtma qilish mumkin?

Otabek Ungbayev, Yerdagi xizmat departamenti direktori: “Ushbu xizmatlar “Uzbekistan Airports” AJ bo‘linmasi tomonidan taqdim etiladi. Bizning saytimizda bu xizmatlar taqdim etilishi to‘g‘risida ma’lumotlar berilishi Uzbekistan Airports bilan birga ishlab chiqilmoqda. Bu masala bizning kun tartibimizda va yaqin fursatlarda saytimizga joylanadi”.  

Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan qabullarda tadbirkorlar tomonidan berilgan takliflar o‘rganib chiqilib yig‘ilish yakunidan keyin mutasaddi vakillarga yetkazilishi aytib o‘tildi.

Jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Aviakompaniya tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabullar, tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar yurtimizning boshqa hududlarida ham tashkil etiladi.

PDF-ni yuklab oling