Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi to‘rtinchi Airbus 321neo havo kemasini qabul qilib oldi

2022 17 Dekabr
Ulashing

Bugun, 17-dekabr kuni Uzbekistan Airways tomonidan xarid qilingan to‘rtinchi Airbus 321neo havo kemasi “Toshkent” aeroportining mahalliy aviayoʻnalishlar terminaliga kelib qo‘ndi. Aviatsiya an’analariga muvofiq, yangi havo kemasi o‘t o‘chirish mashinalari yordamida suv arkasi bilan kutib olindi.

UK32105 roʻyxatga olish raqamini olgan samolyot Airbus zavodlaridan biri joylashgan Gamburg shahridan (Germaniya) 6 soatu 30 daqiqa ichida toʻgʻridan-toʻgʻri Toshkentga yetib keldi. Havo kema Uzbekistan Airways ekipaji Murodjon G‘ulomov va Argov Vladislav boshqaruvida olib kelindi.

Yangi laynerni terminalda Transport vazirligi vakillari, aviakompaniya xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, aviaspotterchilar kutib olishdi.

Uzbekistan Airways A321neo havo kemasini uzoq masofaga hamda mahalliy aviaqatnovlarda ekpluatatatsiya qiladi. U 188 yoʻlovchiga mo‘ljallangan.  Samolyotning maksimal uchish vazni 97 tonna va 6850 km bo‘lgan masofagacha parvoz qilishi mumkin.

Yangi havo kemalarini xarid qilish yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va yo‘lovchilarni tashish hajmini oshirishga yordam beradi. Aviakompaniya havo kemalari parkini unifikatsiyalash “Uzbekistan Airways” AJ da transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”da belgilab berilgan. Uzbekistan Airways yangi yoʻnalishlarni ochishni, Yevropa va Osiyo mamlakatlariga avvalgi mashhur boʻlgan yoʻnalishlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Aviakompaniya havo parkini yangi A321neo havo kemalari bilan toʻldirish esa ushbu amalga oshiriladigan yo‘nalishlarda yaxshi yordam beradi.  

- Har bir aviakompaniya uchun asosiy ustuvor vazifa, shubhasiz, o‘z aviaparkini kengaytirishdir. Uzbekistan Airways ham bu yo‘nalishda izchil ishlar olib bormoqda. Biz Airbus bilan uzoq vaqtdan beri hamkorlik qilib kelamiz va yo‘lovchilarimiz manfaati uchun imzolangan istiqbolli shartnomalarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz ushbu kompaniyaning samolyotlaridan 20 yildan ortiq vaqtdan beri foydalanib kelmoqdamiz va yaqin kelajakda yana yangilarini sotib olish ustida ishlashni davom ettiramiz. Joriy yilning o`zida transformatsiya dasturi bo`yicha sezilarli yutuqlarga erishildi. 2022-yilda tashilgan yo‘lovchilar soni aviakompaniya tarixida rekord ko‘rsatkichga yetdi va aviaparkni yangi A321neo LR havo kemalari bilan to‘ldirish evaziga bu maqsadga erishdik desak, mubolag‘a bo‘lmaydi, - Ilhom Mahkamov “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruv raisi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning noyabrida Uzbekistan Airways va Airbus oʻrtasida Airbus oilasiga tegishli 12 ta yangi havo kemasini (jumladan, A320NEO va A321NEO) 2029-2030-yillarda yetkazib berish sharti bilan sotib olish boʻyicha navbatdagi shartnoma imzolangan edi.

Tadbir davomida ishtirokchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari yangi avialayner va uning texnik xususiyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Tadbirda fuqaro aviatsiyasi sohasi xodimlarining farzandlari ham ishtirok etib, ularga ushbu yangi havo transporti juda manzur bo`ldi. Ularning yuz-ko‘zlaridan kelajakda uchuvchi bo‘lishni yoki aviatsiya sohasida ishlashni orzu qilganini ko‘rish mumkin edi.

 

PDF-ni yuklab oling