O‘zbekistondan BAAga baxorgi parvozlar narxlarining pasayishi
2023-yil 30-martdan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent va Farg‘onadan Dubay va Sharja yo‘nalishlaridagi reyslarda narxlar pasayganini ma’lum qiladi! Shunday qilib, Toshkent – Dubay – Toshkent aviachipta narxi 2 427 000 so‘mdan, Farg‘ona – Dubay – Farg‘ona reyslarida aviachipta narxi 2 451 000 so‘mdan, Toshkent – Sharja – Toshkent reyslarida esa aviachipta narxi 2 304 000 so‘mdan boshlanadi!
Uzbekistan Airways bilan Dubay va Sharjaga qulay narxlarda tashrif buyurish uchun ajoyib imkoniyatni boy bermang!
O‘zbekiston shaharlaridan Turkiyaga amalga oshiriladigan parvozlar uchun bahorgi chegirma
2023-yil 30-martdan 14-maygacha Uzbekistan Airways O‘zbekiston shaharlaridan Istanbul yo‘nalishidagi barcha qatnovlarga maxsus chegirmalar joriy etadi! Belgilangan muddatda aviachipta sotib olayotganda, aviakompaniya iqtisodiy toifadagi yo‘lovchilar uchun tarifdan 20% va biznes-klassdagi yo‘lovchilar uchun tarifdan 40% chegirma taqdim etadi. Chegirmalar belgilangan muddatda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganchdan Istanbulga bo‘lgan barcha reyslarga amal qiladi.
Chegirma shartlari:
- Sotish muddati 14.05.2023 gacha (faqat shu muddatda);
- Uchib ketish davri 14.05.2023 gacha (faqat shu muddatda);
- Taqdim etiladigan chegirma miqdori: ekonom klass tariflari uchun 20%, biznes klass tariflari uchun esa 40%;
- Chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
- Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keying kunda qaytarmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi;
- 14.05.2023 dan boshlab aviareyslarda toʻliq foydalanilmagan, chegirma bilan chiqarilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalar qoʻllanilmagan holda toʻliq tarif darajasiga qoʻshish zarur;
- 30.03.2023 dan 14.05.2023 gacha bo‘lgan davrda ilgari berilgan aviachiptalar aviaqatnovlar uchun qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirma tarifga qo‘llanilmaydi;
- 2023-yil 14-maydan boshlab chegirma bilan chiqarilgan qisman foydalanilgan aviachiptalar reyslarga qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirma aksiya muddatiga to‘g‘ri kelmagan 2-segmentga nisbatan qo‘llanilmaydi;
- Chegirma faqat aksiya muddatiga to‘g‘ri keladigan sayt uchun amal qiladi;
- Aviakompaniya veb-saytida, Uzbekistan airways Sales savdo filialida va uning agentlarida yo‘lovchilarning fuqaroligidan qat’i nazar, faqat aviakompaniya reyslarida chegirma bilan sotishga ruxsat beriladi.
- Chegirma O‘zbekiston shaharlaridan Istanbulga uchuvchi aviaqatnovlar bo‘yicha e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflariga, borish va qaytish uchun ruxsat etiladi.
Ajoyib taklifni boy bermang – Uzbekistan Airways bilan Istanbulga chegirmali narxlarda sayohat qiling.