Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining yangi formasi

2020 13 Fevral
Ulashing

"Uzbekistan Airways" 2020-yil 14-fevraldan boshlab yo'lovchilar diqqatiga uchuvchilar va bortkuzatuvchilarning yangi formasini taqdim etadi.

Samolyot ekipaji qiyofasida keskin o'zgarishlar 15 yil ichida birinchi marta sodir bo'ldi. Kiyimlardagi asosiy rang quyuq akvamarin va terrakota ranglaridir. Qizlar uchun yubka, shim, bluzkalardan iborat bo'lgan, ikki xil rangli yangi to'plam taqdim etilgan. Pidjakning astarlari terrakota rangida bo'lib, logotip tasviri tushirilgan. Aksessuarlar sifatida bosh kiyim, matoli va charm qo'lqoplar, soch turmagi yaratish uchun matoli elastik tasmasi va ikki xil rangdagi bo'yin sharflari kiritilgan. Bluzkalar va bo'yinbog'lardagi bezaklar sharqona uslubda yaratilgan. Qishki yomg'irpo'sh- paltosi yechib olinadigan izolyatsiyalangan astarga ega.

form

Erkak-bortkuzatuvchi xodimlari uchun to'plam quyuq kulrang rangdagi uch qismli kostyum ko'rinishida, quyuq akvamarin bezaklari bilan taqdim etiladi. Bosh kiyim to'q kul rangda kumush bezak bilan bezatilgan.

Uchuvchilar uchun kostyumlar oldingi rangida qoldirilgan. Brendli tugmalar va eksklyuziv galstuklar yaratildi.

form

Mato turli iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda tanlangan.

Loyihada mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etishdi. Matolarni tanlash va asosiy to'plamning birinchi partiyasini tikish Turkiyaning "Dress Best Uniforms" kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi, ular Turkish Airlines (partial), Fly Dubai, Albaniya Airlines, Flyas aviakompaniyalari bilan ish olib borishgan.
Aviakompaniya hayotidagi tezkor o'zgarishlar, har biringiz bilan bevosita ishlaydiganlarning uslubi o'zgarishi bilan ramziy ma'no kasb etadi.

PDF-ni yuklab oling