Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways aviaqatnovlari haqida xabar

2025 19 Fevral
Ulashing

Hurmatli yo‘lovchilar va kutib oluvchilar

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli va Istanbul xalqaro aeroporti ma’muriyatining qaroriga ko‘ra, faqat 2025-yilning 20/21 va 21/22 fevral kunlari Uzbekistan Airways Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY281/282 aviaqatnovlarini bekor qilishga majbur bo‘lmoqda.

Bekor qilingan aviaqatnovlar yo‘lovchilari tashuvi yuqorida keltirilgan sanalarning kunduzi vaqtida amalga oshiriladigan HY271/272 va HY273/274 aviaqatnovlari orqali rejalashtirilgan. 

Murakkab ob-havo sharoiti va yog‘ingarchilik (qor yog‘ishi) kutilayotganini hisobga olgan holda, yo‘lovchilardan parvozga ro‘yxatdan o‘tish uchun oldinroq kelishlarini so‘raymiz.

Qaror Meteorologiya aviatsiyasini muvofiqlashtirish qo‘mitasining joriy yil 18-fevraldagi Istanbul xalqaro aeroportidagi inqirozli vaziyat bo‘yicha majburiy va tavsiyaviy talablari asosida qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways uchun yo‘lovchilar xavfsizligi birinchi o‘rinda turadi. Tushunganingiz uchun rahmat. 

PDF-ni yuklab oling